Buxoro viloyati. Tunggi brakonerlar ushlandi
23.
09. 2020
16:10
5850
Econadzor

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Ekologik nazorat inspektsiyasi hamda G‘ijduvon tuman inspektorlari joriy yil 21 sentyabr kuni Buxoro tumanidagi «Jayron» pitomnigi hududida o‘tkazilgan tungi reyd tadbiri davomida qo‘lbola kuchli yoritish chirog‘i (projektor) yordamida ov qilib yurgan avto mashina aniqlandi.

Mashina ko‘zdan kechirilganda 2 dona ov quroli, 1 dona projektor hamda 5 dona ovlangan tovushqon quyonlar borligi aniqlandi, surushturuv jarayonida, Buxoro tuman fuqarolari R. R. va B. B.lar tomonidan muhofaza etiladigan hududda noqonuniy tarzda ovlaganligi aniqlandi. Fuqarolardan belgilangan tartibda bayon etilgan ov anjomlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, olib qo‘yildi.

Fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunda belgilangan tarzda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources