Diqqat, tanlov! Ekologiya mavzusiga doir eng yaxshi maqolalar
24.
09. 2020
22:21
5245
News

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod qalbida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «Ekologiya mavzusiga doir eng yaxshi maqolalar» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov ikki – matbuot va internet jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovga 2019 yilning 31 avgustidan 2020 yilning 20 noyabrigacha gazeta va jurnallarda chop etilgan, OAV sifatida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgan internet saytlarida e’lon qilingan materiallar 2020 yilning 20 noyabriga qadar qabul qilinadi.
 

Tanlov g‘olib va sovrindorlarini aniqlash va mukofotlash tartibi:

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar taniqli va tajribali jurnalistlar hamda ekologiya sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

– 1-o‘rin (1 ta) – televizor;
– 2-o‘rin (2 ta) – planshet;
– 3-o‘rin (2 ta) – smartfon.

Shuningdek, uch nafar rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lganlarga O‘zbekiston «Qizil kitobi» hamda boshqa sovg‘alar topshiriladi.

Tanlov natijalari 2020 yil, 8 dekabrO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida e’lon qilinadi. G‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi 2020 yilning 10 dekabriga qadar O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilardan o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumot (pasport nusxa, faoliyatiga oid ma’lumotnoma) hamda ijodiy ishlarini O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi (Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘cha, 30-uy) ga topshirishlari yoki uyushmaga kelmasdan ma’lumot va materiallarning elektron nusxasini (+998 94) 935-22-10 raqamiga ochilgan Telegramm kanaliga yuborishlari so‘raladi.

Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha savollarga quyidagi telefon raqamlari (+998 71) 244-62-91, (+998 97) 775-10-25, (+998 93) 502-23-21 orqali javob olish mumkin.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources