Toshkent shahri. Murojaat o‘z yechimini topdi
11.
01. 2021
19:39
4813
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi yangi turar joy binosi (A.Qodiriy ko‘chasi, Real house) oldida daraxtlar tagi asfalt bilan qoplanganligi to‘g‘risida xabar joylashtirildi. Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Bayon etilgan manzilda daraxtlarga shikast yetkazish darajasida belgilangan maydonni asfalt bilan qoplaganligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari mazkur loyiha vakillarini jalb etib, muammo joyida bartaraf etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources