Noqonuniy ko‘mir qazigan fuqaro 2 mln 230 ming, tulki ovlagan shaxs 1 mln 115 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
21.
01. 2021
11:20
4519
News

Boysun tumanidagi Ko‘chkak mahallasida yashaydigan Sohib O‘ljaev (ism-sharif o‘zgartirildi) hududdagi ko‘mir zaxirasini o‘zboshimchalik bilan kovlab olayotganida Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Boysun tumani inspektsiyasi xodimlari qo‘liga tushib qoldi.

Hududda hali o‘zlashtirilmagan noyob boylikni noqonuniy o‘zlashtirishga uringan huquqbuzarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 230 ming so‘m jarima belgilandi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Denov tumani inspektsiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri chog‘ida shu tumanda yashovchi O‘ktam Zoirov bir bosh tulkini ovlagani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma tuzilib, 1 mln 115 ming so‘m miqdorida zarar hisoblandi.

Viloyatda tabiat jonkuyarlarining qishki nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Manba: https://www.uza.uz/uz/posts/noqonuniy-komir-qazigan-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources