Samarqand viloyati. Rasmiy munosabat
18.
02. 2021
09:17
4247
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob turdagi Buxoro xonguli otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqagan edi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ayni damda tuman prokuraturasi tomonidan mutasaddi tashkilot va organlar vakillaridan iborat tezkor guruh tuzib, holatni o‘rganishni boshladi. Prokuratura tomonidan 11 fevral kuni milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan "Niva" rusumli mashinani ashyoviy dalil uchun olib keldi va tekshiruv o‘tkazish ishlari boshlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergovgacha surishtiruv o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources