Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri. Chiqindi tashlaganlar video kuzatuv orqali ushlanib jarimaga tortiladi
28.
02. 2021
19:39
4353
Econadzor

Qo‘qon shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlab, videokuzatuv kameralariga sur’atga olinganlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Bugungi kunda Qo‘qon shahridagi aholi tomonidan chiqindi tashlanayotgan markaziy ko‘chalarga videokameralar o‘rnatildi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan videokuzatuv kameralari materiallari asosida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqarolarni jarimaga tortish tartibi joriy etilmoqda.

Xususan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan shu yilning 26 fevral kuni olib borilgan tunggi reyd davomida 11 nafar fuqarolarga jarima hujjatlari rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources