AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuv
01.
03. 2021
20:17
4592
News

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasida Amerika qo‘shma shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit davlat monitoringi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konventsiyaga qo‘shilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, AQSh tomoni vakillari yangi saylangan AQSh Prezidenti Administratsiyasi atrof-muhit muammolari yuzasidan xavotirda ekanligi va Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytganligini ma’lum qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha yo‘nalishlarida alohida uchrashuvlarni tashkil etish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishdilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources