Qoraqalpog‘iston. Sudoche-Akpetkey buyurtma qo‘riqxonasi. Tezkor reyd
12.
09. 2021
14:29
3540
Econadzor

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Sudoche-Akpetkey buyurtma qo‘riqxonasi davlat inspektorlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish yuzasidan Taxtako‘pir tumani hududida nazorat tadbirlari amalga oshirilgan.

Ushbu tadbir davomida Taxtako‘pir tumani "Dauqara" OFY hududida UAZ rusumli avtomobil davlat inspektorlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan. Davlat inspektorlari tomonidan ushbu UAZ rusumli avtomashina 35 km uzoqlikgacha kuzatib kelingan.

Ushbu avtomashinadagi shaxslar qochish vaqtida yo‘l bo‘yiga kiyiklarni tashlab, no’malum tomonga yashiringan.

Voqea joyiga Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Nazorat inspektsiyasidan tezkor gurux yetib borgan.

Mazkur UAZ rusumli avtomashina tezkor topilib, hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources