Taxtako’pir tumanida jayron ovlagan brakonerlar ushlandi
03.
08. 2019
22:21
8733
News

2019 yil 3 avgust kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtako’pir tumani hududida amalga oshirilgan navbatdagi reyd davomida brakonerlarning qonunga xilof ravishda jayron ovlab, qaytayotgani aniqlandi.

Taxtako’pir tumani «Qono’ratkol» OFYda  fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boshqaruvidagi UAZ-469  markali,  davlat belgisi 95 J752EA bo’lgan avtotransport tegishli tartibda to’xtatildi. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo’limi xodimlari  tomonidan avtotransport tekshirilganda O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 3 bosh otib o’ldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlandi.

Tekshirish davomida fuqaro Q.Q. ga tegishli bo’lgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projektor, o’q va o’q qatorlar, 3 bosh jayron ashyoviy dalil sifatida olindi.

Huquqbuzar shaxslar tomonidan hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish, O’zbekiston Respublikasi hududida ov qilish sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan bo’lib, hozirda tabiatga etkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.

Tekshirish yakunlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar qo’shimcha e’lon qilinadi.

Useful resources