Toshkentda «Aqlli shahar»ga bag‘ishlangan xalqaro biznes-forum o‘tkazilmoqda
09.
10. 2019
19:31
5823
News

2019 yilning 9-10 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi «International Hotel-Tashkent» mehmonxonasida «Yashil texnologiyalar, atrof-muhit muhofazasi va utilizatsiya – GETCA 2019» II Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida «Markaziy Osiyoda «Aqlli shahar» texnologiyalari va kontseptsiyasini joriy qilish amaliyoti» mavzusida bo‘lib o‘tadigan biznes-forum o‘z ishini boshladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda «Kongress Servis» ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi B.Qo‘chqorov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori janob Djon MakGregor, «Kongress Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi N.Xasanova, soha mutaxassislari, tadbirkorlar, xorijlik mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi B.Qo‘chqorov ochib berdi. Shundan so‘ng, so‘z navbati Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromovga berildi.

Biznes-forumda asosiy e’tibor bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy sanoat zonalari va infratuzilmalarni yaratish, aqlli transport, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning aqlli tizimi, elektron xavfsizlik, elektron ta’lim, elektron sog‘liqni saqlash, aqlli energetika, kommunal xo‘jalik tizimi va suv ta’minoti kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan «Aqlli shahar» kontseptsiyalarining yaratilayotgani va amaliyotga joriy etilayotganiga qaratildi.




 


 

Useful resources