Insineratorlar – chiqindilar utilizatsiyasida xavfsiz, qulay va ishonchli qurilma
11.
10. 2019
13:08
5372
News

2019 yilning 9-10 oktyabr kuni Toshkent shahridagi «International Hotel-Tashkent» mehmonxonasida «Yashil texnologiyalar, atrof-muhit muhofazasi va utilizatsiya – GETCA 2019» II Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, ko‘rgazmada «Eko-Spektrum» MChJ (Rossiya) ham o‘z mahsuloti bilan qatnashdi.

«Eko-Spektrum» kompaniyasi 2011 yilda tashkil topgan. U shu kungacha chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyaga ega uskunalarni ishlab chiqarish va yangidan-yangilarini kashf etish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Hozirgi kunda kompaniya tomonidan VOLKAN va HURIKAN seriyasi ostida 17 xil turdagi insineratorlar modellari ishlab chiqarilmoqda. Insineratorlar, bu – chiqindilarni termik issiqlik orqali xavfsiz va samarali yoqish uchun mo‘ljallangan qurilma. Uning vazifasi chiqindilarni utilizatsiya qilishdan iborat. Qurilma o‘zida simob moddasi bo‘lgan chiqindi va atom sanoati chiqindilaridan tashqari, barcha turdagi chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan.

Qurilma ishlash jarayonida atmosfera havosiga hech qanday zarar yetkazmaydi. Yonish jarayonida paydo bo‘ladigan tutun esa barcha xavfli aralashmalardan butunlay tozalangan bo‘ladi.

Hozirda kompaniya o‘z mahsulotlarini Rossiyaning ichki bozori va Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib bermoqda.
 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 


 

Useful resources