Ko‘chaga chiqindi tashlagan fuqaro jarima to‘ladi
02.
12. 2019
10:40
102
News

Bugungi kunda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash orqali atrof-muhitni ifloslantirish odatiy holga aylandi.

Afsuski, ko‘cha chetiga chiqindi tashlash, noqonuniy chiqindixonalarni o‘zboshimchalik bilan barpo etishni «illat» deb qaraydigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda bu anchayin tomir yoydi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Mirobod tuman inspektsiya xodimlari tomonidan tezkor reyd o‘tkazildi. Unda Mirobod tumani, Chimkent ko‘chasi 8-uy oldida fuqaro J.Xolmatov tsellofan paket to‘la maishiy chiqindilarni yo‘l chetiga tashlagan paytda inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarima qo‘llanildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza bo‘ladi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Useful resources