Qashqadaryo viloyati. Ekologik reyd tafsiloti: brakoner baliq ovchilari ushlandi
14.
01. 2020
20:03
5905
News

Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida Mirishkor tumani «Chandir» qishlog‘ida yashovchi M.Sh. o‘ziga tegishli «Jiguli» rusumli avtomashinada sheriklari B.T, X.A.lar bilan birgalikda Muborak tumani Guliston hududidan oqib o‘tuvchi zovurda (kollektor) noqonuniy usul, ya’ni elektr toki (elektroudochka) yordamida baliq ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan yuqorida bayon etilgan fuqarolar ishtirokida baliq ovlash anjomlari va ovlagan baliqlari ko‘zdan kechirilganda, 1  dona rezina qayiq, 2  dona qo‘lbola eshkak, 1 dona elektr tokini kuchaytiruvchi moslama (elektroudochka), 1  dona holati eski akkumlyator, 1 dona elektr tokini uzaytiruvchi moslama, 1 dona qo‘lbola sachok hamda jami 34 dona shundan: 26 dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori, 4  dona sazan, 1  dona arzonbaho baliq (selyodka), 2 dona karas, 1 dona samarqand xramulyasi kakbi baliqlarni ovlaganliklari aniqlandi.

Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari tushuntirildi hamda noqonuniy baliq ovlash anjomlari qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Yuqoridagilarga asosan hozirda mazkur aniqlangan holat yuzasidan qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha prokuratura.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources