Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Ekologik reyd tafsiloti: brakoner baliq ovchilari jarimaga tortildi
14.
01. 2020
20:15
5573
News

2020 yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko‘mitasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan  ekologik reyd tabdiri davomida Mo‘ynoq tumani “Hokim Ota” OFYda yashovchi fuqarolar P.A. hamda N.A. lar tomonidan Mo‘ynoq tumani “Bozatao‘” OFy hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo daryosidan taqiqlangan leskali ovlari yordamida bir dona do‘ngpeshona va uch dona lesh baliqlarini ovlash holati aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun  646 700 so‘m  da’vo hisoblandi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasi 4-bandiga asosan ma’muriy ishlar bo‘yicha sud organiga yuborish uchun hujjatlar tayorlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan baliq ovlash anjomlari ashyoviy dalil sifatida Qo‘ng‘irot tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorati bo‘yicha inspektsiyasida saqlanmoqda.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources