Toshkent viloyati: Yangi Chinozdagi holat o'rganildi
22.
01. 2020
20:15
5411
News

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi Klavdiya Golubixinani 2019 yil 11 yanvar kuni «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining «EKO VOLONTERЫ» guruhiga joylashtirgan habariga  muvofiq Toshkent viloyati Chinoz tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi hamda «Toza hudud» DUK rahbari holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.
https://www.facebook.com/groups/worldeco/permalink/478133562848530/ )

O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur holat Chinoz tumani «Markaziy» MFY hududida joylashgan «Ummon sahovati» baliqchilik fermer xo‘jaligiga tegishli ko‘lga tutashgan zovurga mahalliy aholi tomonidan maishiy chiqindilarning tashlanishi oqibatida yuzaga kelganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu baliqchilik ko‘li tuman hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosidan 4 km, Chirchiq daryosidan 2,85 km, Bo‘z-suv kanalidan 12 km uzoqda joylashgan bo‘lib, boshqa suv ob’ektlari va mavjud o‘simlik dunyosi ob’ektlariga zarar yetkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu holat yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borilib, hozirda suvni muhofaza zonasini maishiy chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources