O‘zbekistonda biologik chiriydigan granula va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
17.
03. 2020
13:16
5446
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3406-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan o‘zaro kelishuv Memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2018 yil 2 fevral kuni Atrof-muhit ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati hisoboti yuzasidan o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlarning ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoniga muvofiq, respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish, xususiy, mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish yuzasidan Koreya Respublikasining «Seojin industry Co. Ltd.» va Germaniyaning «Nt Neue technologien GMBH» kompaniyalari bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Unga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga biologik chiriydigan granular va boshqa turdagi biologik mahsulotlar (jumladan biopaket) ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etishga yo‘naltirilgan loyihani amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 


Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi «Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3730-sonli qarorining 5-bandida polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish, hamda qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish taqiqlangan.
Ushbu polimer mahsulotlar muqobil ravishda yaratilgan biologik mahsulotlar 4 oydan boshlab tuproqda chiriydi va bir yilgacha atrof-muhit uchun mutlaqo zararsiz holatga keladi.

Loyiha doirasida, makkajo‘xori kraxmalidan yiliga 10 000 (o‘n ming) tonna biologik xom ashyo ishlab chiqarish, shuningdek ushbu xalq xo‘jaligi va turli tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Jumladan: savdo shahobchalari uchun mo‘ljallangan tutqichli va tutqichsiz hamda chiqindilar uchun mo‘ljallangan bir martoba ishlatiladigan biologik paketlar, sanoat va maishiy qadoqlash biologik paketlar, bir marta ishlatiladigan idishlar, bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar va boshqa turdagi mahsulotlar.

Ushbu loyiha O‘rta Osiyoda hududida yagona hisoblanib, loyihaning umumiy qiymati 20 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish natijasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda loyiha doirasida investitsiya shartnomasini ishlab chiqilib, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources