Samarqand viloyati: Samarqanddagi noqonuniy kesilgan daraxt tafsiloti
30.
03. 2020
20:08
5149
News

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda daraxt kesishga moratoriy e’lon qilingan bo‘lishiga qaramasdan ayrim fuqarolarimiz tomonidan mazkur farmon ijrosiga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.

Jumladan ikkita holat bunga misol bo‘lishi mumkin.

Joriy yilning 24 mart kuni Urgut tumani «Xo‘jabaland» MFYda yashovchi fuqaro O. A. mahalla hududidan oqib o‘tuvchi kanal yoqasidagi 5 tup tut daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlaganligi ma’lum bo‘ldi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, BXMning 5 barobari ya’ni 1.115.000 so‘m jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 6.690.000 so‘m zarar solindi.

Yana bir holat Urgut tumani «Bunyodkor» mahallasida yashovchi fuqaro B. O‘. 2020 yilning 25 mart kuni mahalla hududidagi ichki yo‘l yoqasidan 2 tup tut daraxtini sababsiz, noqonuniy ravishda kesib tashlaganligi aniqlandi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, BXMning 5 barobari, ya’ni 1.115.000 so‘m jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 1.784.000 so‘m zarar hisoblandi.

Hozirda inspektorlar tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha qo‘llanilgan jarima va aniqlangan zarar summalarini undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources