Toshkent viloyati: Chirchiq shahrida noto‘g‘ri shakl berilgan daraxtlar yuzasidan
30.
03. 2020
20:51
7427
News

2020 yil 30 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida noto‘g‘ri shakl berilgan daraxtlar bo‘yicha joylashtirilgan habarga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi inspektorlari holatni o‘rganish uchun joyiga chiqdilar.

O‘rganish davomida Chirchiq shahri A. Navoiy ko‘chasining «Maksam-Chirchiq» korxonasi bilan yonma-yon hududdagi 9 tup chinor 3 metr balandlikdan kesilganligi, shuningdek, ushbu daraxtlar tepasidan yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr energiyasi liniyasi o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2016 yilda ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida daraxtlar avariya holatida bo‘lganligi sababli hamda aholi salomatligiga va mol-mulkiga xavf solmasligi uchun kesilgan va bugungi kunga qadar o‘sib chiqqan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi organlaridan tegishli xulosa olinmasdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 255-son qarori talablariga rioya etilmasdan kesilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Surishtiruv yakunlari bo‘yicha ma’lumot qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources