BMTning O‘zbekistondagi vakili Matilda Dimovski bilan onlayn muloqot
17.
04. 2020
21:50
5843
News

17 aprel 2020 yil. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov va BMTning Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovski o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, maqsadli dasturlar va loyihalar sonini ko‘paytirish, aholining ekologik bilim va madaniyatini shakllantirish, sohada ilg‘or xalqaro tajribalarni qo‘llash, donor hamjamiyatining resurslarini jalb qilish borasida ishlarni jadallashtirish to‘g‘risada to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida BMTning Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovski mazmunli suxbat uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga ijobiy hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources