Buxoro viloyati: Qizil kitobga kiritilgan baliqlar ovlangani aniqlandi
19.
05. 2020
16:37
5105
Econadzor

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari va Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi inspektorlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.

G‘ijduvon tumani «Og‘itma» tabiiy suv havzasida o‘tkazilgan reyd tadbiri paytida Niva rusumli 80R141LA avtomashina to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda 5 ta qopda leskali to‘rlar va 99 dona baliq shundan 7 dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylabdori, 12 dona zog‘orabaliq, 26 dona moybaliq, 52 dona tovonbaliq va 2 dona sudak baliqlari borligi aniqlangan.

Mutaxassislar tomonidan holat o‘rganilib, tabiatga yetkazilgan zarar summasi 37 374 800 so‘mni tashkil etganligi qayd etilgan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar T.F, O.S. va T.E.larga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
 

Zarif KOMILOV, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/izil-kitobga-kiritilgan-bali-lar-ovlangani-ani-landi-19-05-2020

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources