Toshkent shahrida toshbaqalarning yurtimiz tabiatiga xos bo‘lmagan turi aniqlandi
02.
06. 2020
17:29
5766
Econadzor

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi atrof muxit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti bioxilmaxillikni saqlash bo‘limi xodimi Fazlulloxon Agzamov tomonidan Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali o‘rganilishi jarayonida Bo‘rijar kanalida yovvoyi holda yashab kelayotgan Amerika Qizilquloqli botqoq toshbaqasiga duch kelindi. Toshbaqa suvdan chiqib turgan daraxt tanasida oftobda toblanayotgan vaqtda Zoologiya instituti xodimi Timur Abduraupov tarafidan suratga olindi.

Ushbu turdagi toshbaqalarning shaxrimiz suv xavzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan xam edi, ammo ma’lumot tasdiqlanmagan edi.

Qizilquloq toshbaqalar akvariumchilar orasida keng tarqalgan tur. Qizilquloq toshbaqa tez katta bo‘lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig‘may qoladi va fuqarolar o‘z toshbaqalarini ochiq suv xavzalariga qo‘yib yuboradilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources