Sirdaryo viloyati. 30 iyun – O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
30.
06. 2020
22:43
6347
Event

Shu o‘tgan vaqt oralig‘ida mamlakatimizda barcha sohalarda yoshlarning har tomonlama faol ekanliklarini ko‘rish mumkin. Xalqimiz orasida yetishib chiqayotgan intelektual jihatdan yetuk, jismonan va ma’nan barkamol yosh avlod vakillarining borligi bu fikrimizni isbotlaydi.

Shuni alohida aytish kerakki, Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tizimida ham 70 dan ziyod yosh kadrlar o‘z mexnat faoliyatlarini olib bormoqdalar. Ha bugun mana shunday serqirra, shijoati kuchli, bilimli, har tomonlama O‘zbekistonning faxri bo‘lgan o‘zbek yoshlarining bayram kuni.

Pandemiya davri bo‘lishiga qaramasdan Ekologiya sohasidagi yosh kadrlar bilan uchrashish, fikr almashish, ularning talab va takliflari bilan o‘rtoqlashish maqsadida joriy yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv qizg‘in suhbatga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek, qo‘mita raisi yosh ekologlarga o‘zining atalgan tilaklari va esdalik sovg‘alarini ulashdi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources