Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda.
03.
07. 2020
18:16
5405
Econadzor

Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirib kelmoqda. Xususan, yaqinda shahrimizning Mirzo Ulug‘bek tumani, Irrigator - Qori Niyazov hududida daraxt kesilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, inspektorlarimiz joyiga chiqib o‘rganish olib bordi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, murojaatda ko‘rsatilgan manzildagi daraxtlar tabiiy omillar ya’ni, kuchli shamol ta’sirida tepa qismi sinib, inson xayoti va mol mulkiga havf tug‘dirganligi sababli tuman obodonlashtirish tomonidan darhol bartaraf etilgan.

Ushbu noxush vaziyatni bartaraf etganligi uchun Obodonlashtirish boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources