Jizzax viloyati. Yuz yoshdan oshgan daraxtlar xatlovga olindi
04.
08. 2020
10:27
379
News

Jizzax viloyatida 111 tup 100 yoshdan oshgan daraxt xatlovga olinib, mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan «Davlat tabiat yodgorligi» deb e’lon qilindi.

Viloyatda Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida yoshi 100 va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va davlat kadastriga kiritish natijalariga ko‘ra 100 yoshdan oshgan 82 tup tut, 23 tup yong‘oq, 2 tup chinor, 2 tup tol tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tabiat yodgorligi sifatida ro‘yxatga olindi.

– Darhaqiqat, bir tup ko‘chatning voyaga yetishi naqadar qiyin ekanligi nazarda tutilsa, 100 yoshli daraxt tabiat yodgorligi sifatida muhofaza qilishga munosibdir, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zamira Abdullaeva. – Masalan, Forish tumanining Uxum qishlog‘idagi ming yoshdan oshgan archa daraxti tabiatning chinakam mo‘‘jizasi desa bo‘ladi. Afsuski, bunday daraxtlar tobora kamyob bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, «Meros» xayriya fondi hamkorligida 2020 yil 28 iyuldan 2 avgustgacha mamlakatimizda o‘tkazilgan «Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» ham tabiatni muhofaza qilish sohasidagi muhim tadbirlardan bo‘ldi. Haftalik doirasida tashkil etilgan tadbirlarda daraxtlarning Ona sayyoramiz tabiatidagi, inson hayotidagi o‘rni, ularni ko‘paytirish, parvarishlash, asrab-avaylash haqida suhbatlar o‘tkazildi.

T. BEKNAZAROV, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/yuz-yeshdan-oshgan- ....

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources