Germaniya kompaniyalari vakillari bilan onlayn muloqot
07.
09. 2020
18:50
686
News

Germaniya kompaniyalari vakillari bilan onlayn muloqot 2020 yil 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov va Global AMK GmbH, Envi Con Engineering GmbH, KPMG AGk kabi nemis kompaniyalari vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat-xususiy sherikchilik shaklida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirish hamda qurish masalalari muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining joriy yil 10 avgust kuni mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda chiqindilarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirish hamda chiqindi yig‘ish, qayta ishlash, klasterlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari va qurilish chiqindilarini yig‘ish-qayta ishlash bo‘yicha respublikamizda yangi tizim yaratish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.

Tomonlar mamlakatimizda chiqindilarni boshqarish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, samarali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

Germaniya kompaniyalari vakillari bilan onlayn muloqot

Germaniya kompaniyalari vakillari bilan onlayn muloqot

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources