Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich– 1973 yili 15 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Nukus shahrida tug‘ilgan. 1995 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (kunduzgi) 2001 y. Kolorado shtati universiteti (magistratura, AQSH) 2004 y. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti aspiranturasi Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi –muhandis-gidrotexnik.
 

MЕHNAT FAOLIYATI:

1990-1995 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi

1995-1996 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institut"Suv resurslaridan mukammal foydalanish" kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi, katta laboranti

1996- 1997 yy. - Isroil Davlatining Iyerusalim universiteti "Yer osti suvlarini boshqarish" mavzusidagi xalqaro kursi tinglovchisi

1998-2001 yy. - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolorado Shtati universiteti magistraturasi talabasi

2001-2004 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti "Gidravlika" kafedrasi aspiranti va Gidroinformatika va suv resurslari o‘quv markazi direktori (o‘rindoshlik asosida)

2004-2006 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Suv resurslari axborot tahlil xizmati direktori va "Gidravlika" kafedrasi assistenti (o‘rindoshlik asosida)

2006-2015 yy. - O‘zbekistondagi Qurg‘okchilik xududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari Xalqaro Markazining O‘rta Osiyo va Kavkaz Orti davlatlari (IKARDA) bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi katta ilmiy xodimi

2015-2018 yy. - O‘rta Osiyodagi hududiy ekologik markazi (RETSTSA) Toshkent shahridagi filiali suv dasturlari mutaxassisi

2018-2021 yy. - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

2023-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari

2023 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari