Tailanddagi qadimiy milliy park turistlarga o‘z chiqindilarini qaytarmoqda
24.
09. 2020
11:24
4214
Yangiliklar

Tailandning qadimgi va ommabop Milliy parki - «Kxao Yay» turistlar parkda qoldirgan chiqindilarini ularning uyiga yubormoqda.

Parkka tashrif buyuruvchilar kirishda ro‘yxatdan o‘tishlari hamda o‘z manzillarini qoldirishlari shart.

Chiqindi maxsus qutilarda «Siz Kxao Yay milliy bog‘ida mazkur narsalarni qoldirdingiz» yozuvi bilan yuboriladi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarni politsiya xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazadi – milliy parkda chiqindi tashlaganlar 5 yilgacha qamoq jazosi va katta miqdordagi jarimalar bilan jazolanadi

Park rahbariyati ta’kidlagandek, qoldirib ketilgan chiqindi uni yeyishga harakat qilgan jonivorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.


Manba: https://www.bbc.com/news/world-asia-54200833

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar