Toshkent viloyati: Murojaat va munosabat
17.
10. 2020
14:41
4478
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosining Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida tibbiyot chiqindilari to‘planib qolganligi haqida postlar tarqalgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Quyichirchiq tuman inspektsiyasi hamda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari hamkorligida holat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaat o‘z tasdig‘ini topdi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan noxush holat bartaraf etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar