Farg‘ona viloyatida DXSh bitimlarini imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi
12.
12. 2020
11:51
5215
Tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida “Respublika hududlarida maishiy va qurilish chiqindilarini yig‘ish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida” joriy yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-son majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qaroriijrosi yuzasidan 2020-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror asosida 2020 yilda hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish bo‘yicha jami 16 ta loyiha kontseptsiyalari tasdiqlanib e’longa qo‘yildi.

Mazkur e’lonlar yuzasidan 8 ta loyiha bo‘yicha loyiha tashabbuskorlaridan tashqari 11 ta tadbirkorlik sub’ektlaridan tenderda ishtirok etish yuzasidan takliflar kelib tushgan.

Shuningdek, e’longa qo‘yilgan 16 ta loyihadan 8 ta DXSh kontseptsiya loyihalari yuzasidan talabgorlardan takliflar kelib tushmagan. Shunga ko‘ra mazkur loyiha tashabbuskorlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri DXSh bitimi imzolash yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib bitim loyihalari tayyorlandi.

Jumladan, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida DXSh loyiha bo‘yicha bitim tuzish huquqini mazkur loyiha tashabbuskori FARG`ONA POKIZA TOZALOV SERVIS MChJ, Furqat tumanida DXSh loyiha bo‘yicha bitim tuzish huquqini mazkur loyiha tashabbuskori Furqat Marjoni 2020 MChJ qo‘lga kiritgan. Shunga ko‘ra 2020 yilning 12 dekabr kunida tomonlar davlat sherigi-Farg‘ona viloyati hokimligi, davlat sherigi-Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda xususiy sherik-FARG`ONA POKIZA TOZALOV SERVIS MChJ va Furqat Marjoni 2020 MChJ o‘rtasida DXSh bitimini imzolash tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.


Ushbu bitimlar doirasida:

So‘x tumani bo‘yicha davlat sherigi tomonidan jami 9 ta maxsus avtotransport vositalari 7 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan (keyinchalik xususiy mulk sifatida o‘tkaziladi), 1 ta chiqindilarni joylashtirish poligonlari maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashga investitsiya kiritish sharti bilan 10 yil muddatga beg‘araz foydalanishga va 41 ta chiqindi konteynerlari 10 yil muddatga beg‘araz foydalanish uchun taqdim etilmoqda.

O‘z navbatida xususiy sherik – “FARG`ONA POKIZA TOZALOV SERVIS” MChJ tomonidan mazkur DXSh bitimlari doirasida jami kiritiladigan jami 5,9 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan 7 ta chiqindi tashuvchi texnikalar, 1 ta chiqindilarni saralash hamda 1 ta chiqindilani qayta ishlash uskunasi, 5 ta maishiy chiqindilarni to‘plash shaxobchalari qurish va 20 ta chiqindi konteynerlari sotib olish ko‘zda tutilgan.

Mazkur bitimlarni amalga oshirish natijasida eng asosiysi aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100 % qamrab olishga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 38 %ga yetkazishga erishiladi. Shu bilan birga mazkur loyiha bo‘yicha jami 93 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Furqat tumani bo‘yicha davlat sherigi tomonidan jami 9 ta maxsus avtotransport vositalari 7 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan (keyinchalik xususiy mulk sifatida o‘tkaziladi), 1 ta chiqindilarni joylashtirish poligonlari maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashga investitsiya kiritish sharti bilan 10 yil muddatga beg‘araz foydalanishga, 6 ta maishiy chiqindilarni qabul qilish shaxobchalari va 12 ta chiqindi konteynerlari 10 yil muddatga beg‘araz foydalanish uchun taqdim etilmoqda.

O‘z navbatida xususiy sherik Furqat Marjoni 2020 MChJ tomonidan mazkur DXSh bitimlari doirasida jami kiritiladigan jami 8,1 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan 11 ta chiqindi tashuvchi texnikalar, 1 ta chiqindilarni saralash hamda 1 ta qayta ishlash uskunasi, 5 ta maishiy chiqindilarni to‘plash shaxobchalari qurish va 30 ta chiqindi konteynerlari sotib olish ko‘zda tutilgan.

Mazkur bitimlarni amalga oshirish natijasida eng asosiysi aholini maishiy chiqindilarni tashish xizmati bilan 100 % qamrab olishga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 38 %ga yetkazishga erishiladi. Shu bilan birga mazkur loyiha bo‘yicha jami 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar