Istiqbolli loyiha tasdiqlandi
25.
01. 2021
18:46
5488
Yangiliklar

2021 yil 25 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi A. Maksudov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalar muhokama qilindi.

Tadbirda «Barqaror hayot tarzini ta’minlaydigan Orol dengizi havzasi tuproqlarining degradatsiyasiga qarshi barqaror va neytral landshaftlari asosida ko‘llarni, suv-botqoq yerlarni va qirg‘oqbo‘yi koridorlarini saqlash va barqaror boshqarish» loyihasi Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish ma’qullanganligi hamda 2021 yilda uni amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Loyihaning umumiy qiymati 4 mln AQSh dollar bo‘lib, 2021-2025 yillar davomida amalga oshiriladi.

Istiqbolli loyiha tasdiqlandi

Istiqbolli loyiha tasdiqlandi

Istiqbolli loyiha tasdiqlandi

Istiqbolli loyiha tasdiqlandi

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar