Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
27.
01. 2021
20:33
1169
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining OAV vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kengash a’zolari, vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi» ning bajarilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida izchil ishlar olib borilgan.

Muhokamalar davomida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb masalalar, xususan, noqonuniy daraxt kesilishi, qum-shag‘al qazib olinishi, noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, OAV vakillari, blogerlar bilan hamkorlikda muntazam ekologik reydlarni tashkil etish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar