Matbuot anjumani o‘tkazildi
17.
02. 2021
21:39
202
Tadbirlar

2021 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tizimiga oid materiallarda hududlarda daraxt kesilishi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan tutunlar masalalari bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-2020 yillar davomida yashil o‘rmonzorlarning yo‘qolib ketish sur’atlari yiliga 10 mln gektar deb baholanmoqda. 100 mln gektardan ortiq o‘rmonlar yong‘inlarning salbiy ta’siriga, turli kasalliklar, cho‘llanish hamda iqlimning noqulay sharoitlariga uchramoqda .

Anjumanda so‘zga chiqqan mutaxassislar mamlakatimizda o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, xususan daraxtlarning noqonuniy kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155 – son farmoniga muvofiq respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiyati kiritildi.

Ta’kidlanganidek, moratoriy davrida 5 ming 609 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 258 ming 29 tup davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsat so‘rab murojaat qilingan bo‘lsa, 182 ming 648 tup, shundan 91 ming 54 tup sharq chinori, eman, qrim qarag‘ayi, chinorsimon zarang, eldor qarag‘ayi, kashtan, shumtol, turang‘il hamda boshqa 20 turdan ortiq qimmatbaho daraxtlar va butalarning kesilishiga rad etildi.

Shunday ekan, moratoriy joriy etilgan taqdirda respublika bo‘yicha 2021 yilning 31 dekabriga qadar davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 182 ming tup, shundan 92 ming tupga yaqin qimmatbaho daraxt va butalar navlarini saqlab qolinishiga erishildi.

2020 yilda Ekologik nazorat tadbirlari natijasida 3 ming 890 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, jami 7 ming 812 tup daraxtlar, shundan 3 ming 428 tup qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilganligi uchun 136 nafar mansabdor shaxslarga 4,5 mlrd so‘m jarima solindi va 15,3 mlrd so‘mlik yetkazilgan zarar aniqlandi.

Tadbir davomida shuningdek, atmosfera havosiga sanoat korxonalari tomonidan tashlanayotgan zararli tashlamalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Dastlabki olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yakunlari bo‘yicha sanoat korxonalari va transport vositalaridan atmosfera havosiga jami 2299,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlangan. Jumladan, qattiq moddalar 220,5 ming tonna, oltingugurt dioksidi 357,9 ming tonna, uglerod oksidi 1166,0 ming tonna, azot oksidlari 243,3 ming tonna, uglevodorodlar 487,3 ming tonna va boshqalar 58,9 ming tonnani tashkil qildi.

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

«Press-konferentsiya

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar