«Tabiat uchun birlashaylik!» shiori ostida «YASHIL HUDUD» ekologik aktsiyasiga start berildi
20.
02. 2021
13:57
4914
Yangiliklar

2021 yil 20 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan «Tabiat uchun birlashaylik!» shiori ostida «YASHIL HUDUD» ekologik aktsiyasiga start berildi.

Mazkur aktsiyaning maqsadi – fuqarolar, jamoat tashkilotlari, OAV hamda biznes tuzilma, ishlab chiqarish korxonalarini bir maqsad sari birlashtirish, ya’ni ularni atrof muhitni muhofaza qilishga o‘z xissasini qo‘shishga ko‘maklashish, yashil o‘rmonzorlarni barpo etish, mamlakatimiz hududlarini ko‘kalamzorlashtirishdir.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari nazorat tadbirlari davomida daraxt ekish zarur bo‘lgan hududlarni aniqlab, xatlov o‘tkazdilar.

Birinchi lokatsiya Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish 2/1 daxasi «Istiqlol» MFY hududidan boshlandi. Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, mahallaning faol fuqarolari erta tongdan ko‘chat ekishga bel bog‘ladilar.

Mazkur aktsiya 20 fevraldan 3 martga qadar davom etib, butun respublika bo‘ylab tashkil etiladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi barcha tabiatga befarq bo‘lmagan fuqarolarni bir maqsad sari birlashish, aktsiyada faol ishtirok etishga taklif etadi.

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

«ЯШИЛ ҲУДУД» экологик акцияси

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar