«Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi O‘zbekistonning yashil tiklanishi» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi
03.
03. 2021
16:57
4326
Tadbirlar

2021 yil 3 mart kuni «Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi O‘zbekistonning yashil tiklanishi» mavzusidani xalqaro onlayn-forum o‘z ishini boshladi.

Mazkur forum Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishni qo‘llab-quvvatlash uchun strategiya va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, qabul qilingan hamda amalga oshirilmoqda. 

Xususan,  2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi mazkur yo‘nalishga yaqqol misol bo‘ladi. 

Mazkur Strategiyaning maqsadi – mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.

Forum quyidagi muhim vazifalar orqali O‘zbekistonning «yashil» tiklanishi g‘oyasini ilgari surishga qaratilgan:

•  Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yo‘nalishlardagi siyosatni, shu jumladan, O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish, «yashil» tiklanish jarayonida bo‘lajak ehtimoli yuqori bo‘lgan inqirozlarga ilg‘or va barqaror jamiyat hamda iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘mak berish, bir vaqtning o‘zida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maxsus platforma yaratish.

•  COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida O‘zbekiston hukumatini «yashil» iqtisodiyotini tiklashida qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhokama qilish va kelgusida tavsiyalar hamda xarakatlar rejasini ishlab chiqish.

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar