Toshkent viloyati, Qibray tumani. Murojaat va munosabat
05.
03. 2021
12:53
4378
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan postda (3 mart 2021 y.) Toshkent viloyati Qibray tumani «Botanika» MFY Olimlar dahasida o‘sish holatida bo‘lgan daraxtlar g‘ayriqonuniy ravishda kesilganligi ta’kidlab o‘tilgan. 

Holat Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasdagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, fuqaro tomonidan bir  tup shumtol daraxti O‘zbekiston Respublikasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37- moddasiga zid ravishda kesilganligi aniqlandi. 

Fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Foydali manbalar