Samarqand viloyati. Urgutda ekologiya va yoshlar mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
14.
04. 2021
23:24
4925
Yangiliklar

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tashabbusiga binoan, Urgut tuman nazorat inspektsiyasi davlat inspektorlari, tuman halq ta’limi bo‘limi va «Jartepa» MFY xodimlari tomonidan, joriy yilning 12 aprel kunida tumanning «Jartepa» MFY hududidagi umum ta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Yoshlar bilan uchrashuv» tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, ishtirokchilarga ekologiya sohasiga oid tushunchalar berib o‘tilib, yoshlar tomonidan yo‘llangan sohaga oid savol va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi va ko‘tarilgan masalalarning joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar