Ekonazorat: Toshkent shahri, Mirobod tumani. Murojaatlar o‘rganilmoqda
08.
09. 2021
18:14
3754
Ekanadzor

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga poytaxtimizning Mirobod tumani, Chimkent ko‘chasi hududida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatga asosan, davlat inspektorlari qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini olib borishdi. Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, tuman hududida tabiiy omillar ta’sirida kasallangan, qurib qolgan hamda inson sog‘ligi va hayotiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar aniqlangan. Unga muvofiq, hujjatlar qonuniy tarzda rasmiylashtirilib, tegishli xulosa olinganligini ma’lum qilamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar