Yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
30.
09. 2021
13:58
3836
Tadbirlar

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Qizil kitobga kiritilgan Yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar Qorao‘zak tuman «Qoybaq» OFY hududiga qo‘yib yuborildi. Tabiat qo‘yniga 1031 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan «International fund for houbara conservation» markazida ko‘paytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar