Davlat ekologiya qo‘mitasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida grant bitimi imzolandi
22.
10. 2021
16:22
3953
Yangiliklar

2021 yil 22 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Chorkesar va Yangiobod sobiq uran maydonlarini qayta tiklash ishlarini olib borishda respublikani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun grant bitimi imzolandi.

Loyiha Markaziy Osiyo uchun ekologik qayta tiklash hisobidan 2 mln yevro miqdorida grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Grant bitimi YeTTB Yadro xavfsizligi departamenti direktori Baltazar Lindauer va Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov tomonidan imzolandi.

Loyiha doirasida maslahatchilar Chorkesar va Yangiobod ob’ektlarini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni xalqaro standartlarga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashadi. Loyiha joriy yilda boshlangan bo‘lib, 2023 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar