Konteyner va maxsus qutilar: Sariosiyoda yangi rusumdagi chiqindi to‘plash shoxobchalari ko‘paymoqda
19.
09. 2019
10:59
5071
Yangiliklar

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir qator loyihalar asosida zaharli gazlarni kamaytirish, chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bo‘yicha aniq va amaliy tizim yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmatlari ham barqarorlik kasb etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston aholisining 57 foizi maishiy chiqindini to‘plash, olib chiqish xizmatidan foydalanish imkoniyatga ega. Yurtimizning tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarida maishiy chiqindini to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmati qat’iy reja asosida amalga oshirilmoqda.

«Toza hudud» DUK va «Maxsustrans» tomonidan har yili mamlakatda 8-9 million tonna chiqindi aholi yashash punktlaridan olib chiqiladi.

So‘zimizning isboti o‘laroq, yaqinda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasida peshma-pesh yangi rusumdagi chiqindi to‘plash maydonchalari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Bunda, aytish joizki, aholi yashash punkti uchun yana bir qulaylik yaratildi. Shuningdek, noqonuniy chiqindi to‘plash markazining paydo bo‘lishi bartaraf etildi. Zero, chiqindilar to‘planadigan joy mavjud sanitariya qoidalari va gigiena me’yorlariga javob berishi lozim.

Aks holda, chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlarga tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holati yomonlashib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishiga sabab bo‘ladi.

 

Davlat Ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati



 

Foydali manbalar