M.Ulug‘bek tumani «Asaka» MFY daraxtlarning kesilishi yuzasidan
19.
09. 2019
19:27
7107
Yangiliklar

2019 yil 19 sentyabr kuni soat 9:55 larda Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining telegramdagi @EcoControl_botiga Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani «Asaka» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kesilayotgan daraxtlar yuzasidan murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i N. Yunusov hamda inspektorlar: B.Xotamov, D. Tursunboev M.Ulug‘bek tumani, «Asaka» MFY «Oltinsoy 2-kommunal» hamda «Darxon-kommunal» XUJMSh ga qarashli uylar atrofini (Darxon kafesi, Tamaraxonim uy muzeyi) joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar – A.K. va M.K. lar bayon etilgan hududda diametri 112,7 sm bo‘lgan 1 dona chinor daraxtining noqonuniy kesilishi natijasida o‘sishdan to‘xtaydigan darajagacha shikstlantirilganligi hamda 2 dona chinor daraxtining noto‘g‘ri butalanishi oqibatida daraxtlarning shikastlantirilganligi aniqlandi.

Surishtiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, yollanma ishchilar  muddati 2019 yil 2 sentyabrga qadar  bo‘lgan hamda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan daraxtlarga daxli bo‘lmagan ruxsatnoma, ya’ni M.Ulug‘bek hokimligining 2019 yil 23 avgustdagi 38-son ruxsatnomasi asos qilinib, qonunbuzarlikni sodir etishgan. 

Ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga jami 86 657 800 so‘m zarar yetkazilgan. Bu bilan qonunchilik talablarini buzgan fuqarolar, ya’ni Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.K. va M.K.lar yetkazganlar. Holatga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, tegishli dalolatnoma tuzildi. 

Etkazilgan zarar ko‘p miqdorda bo‘lganligi sababli to‘plangan hujjatlar  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish hamda aybdor shaxslarga tegishli choralar ko‘rish uchun Toshkent shahar prokuraturisiga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
 


 


 

Foydali manbalar