Sayg‘oq – fotoqopqon ob’ektivida
10.
02. 2020
13:21
8093
Yangiliklar

Kuni kecha «Saygachiy» majmua buyurtmaxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon nigohiga 35 bosh sayg‘oq tushib qoldi. So‘nggi besh yil ichida mamlakatimizda sayg‘oq populyatsiyasi uchramaganligi sababli bu o‘ziga xos muhim hodisa bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib sayg‘oq qisqarib borayotgan tur sifatida Xalqaro hamda O‘zbekiston qizil kitoblari ro‘yxatiga kiritilgan. Xususan ustyurt populyatsiyasi sayg‘oqlari qisqarib borayotganligi sababli uni saqlab qolish uchun zarur chora-tadbirlarni qabul qilishni talab etadi. 

2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida  sayg‘oqlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolangan. Hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda Qozog‘iston bilan chegaradosh hududda «Saygachiy» majmua buyurtmaxonasi tashkil etilgan.
 

 

 

 

 


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar