Huquqbuzar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi
13.
02. 2020
10:27
5478
Yangiliklar

Respublikada o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy qilinishiga, profilaktika tadbirlarining  olib borilishiga qaramasdan hududlarda daraxtlarning noqonuniy kesilish xolatlari davom etmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga «Al-Beruniy» yodgorlik majmuasi yonida noqonuniy kesilgan daraxt bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Joriy yil 10 fevral kuni Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish davomida Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘iga asosan boshqarma ishchilari tomonidan   terak daraxtlarining noqonuniy kesganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar