Farg‘onada Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi
25.
05. 2020
19:17
6424
Yangiliklar

Joriy yil 25 may kuni Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov boshchiligida Farg‘ona viloyat «Toza hudud» DUK, Farg‘ona viloyatidagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi 17 ta xususiy korxona faoliyat olib boradi. Yig‘ilishda mazkur korxonalar faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama etilib, o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar