Termizda Qizil kitobga kiritilgan noyob qushning qanotlarini kesib, uyida saqlayotgan shaxs aniqlandi
22.
06. 2020
09:52
5369
Ekanadzor

O‘zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari Termiz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan Qirg‘iy burgut yovvoyi qushining qanotlarini kesib, uyida saqlayotgan shaxsni aniqladi.

Dastlabki surishtiruv chog‘ida Termiz tumani Gulbahor mahallasida yashovchi G‘ayrat Nuraliev tutqunlikda noqonuniy saqlayotgan noyob yovvoyi qush uchib ketib qolishining oldini olish maqsadida uning qanotlarini kesib tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan qonuniy to‘xtamga kelinguncha qanotlari kesilgan burgut saqlash va parvarishlash uchun Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
 


Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/termizda-izil-kitobga-kiritilgan-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar