«OZON – HAYOT UCHUN!» onlayn tanlovida faol ishtirok eting!
04.
08. 2020
18:10
6840
Yangiliklar

Agar ijodiy yondashgan holda videorolik tayyorlash, maqola yoki she’r yozish qobiliyatiga ega bo‘lsangiz, bu tanlov aynan Siz uchun!

16 sentyabrXalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi, GEF hamda BMT  Taraqqiyot Dasturi  «OZON – HAYOT UCHUN!» mavzuida 2020 yil avgust-sentyabr oylarida ijodiy ishlar onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 3 ta nominatsiya bo‘yicha quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:

 «Eng yaxshi videorolik» nominatsiyasi

Tanlovga ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilish, uning ahamiyati va   yemirilishi oqibatlari haqida tayyorlangan videoroliklar qabul qilinadi. Ishtirokchi tomonidan davomiyligi 3 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlanib, #ozon_qatlami_va_men, #ozon_hayot_uchun yoki #mening_oilam_va_ozon_qatlami xeshteglari ostida Facebook, Instagram hamda boshqa ijtimoiy sahifalarga joylashtirilishi va @ozonqatlami_bot telegramm-botiga belgilangan tartibda yuborilishi kerak. Videorolikni baholashda syujetning o‘ziga xosligi, kreativ yondashuv, yangicha qarashlar va g‘oyalar e’tiborga olinadi. Tanlov barcha ishtirokchilar uchun ochiq.

– «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi

Tanlovga jurnalistlar tomonidan chop etilgan, ozon qatlamining ahamiyati, yemirilish oqibatlari hamda ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilishga bag‘ishlab «Ozon – hayot uchun!» rukni ostida yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Tanlovga topshiriladigan maqolalar (o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida) bosma OAV yoki OAV sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan internet nashrlarda chop etilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek tayyorlangan maqola #ozon_qatlami_va_men, #ozon_hayot_uchun yoki #mening_oilam_va_ozon_qatlami xeshteglari ostida Facebook hamda boshqa ijtimoiy sahifalarga joylashtirilishi lozim. Maqola chiqqan OAVni PDF yoki skaner holatda hamda internet nashrda chop etilgan maqolaning havolasi @ozonqatlami_bot telegramm-botiga belgilangan tartibda yuborilishi kerak.

– Eng yaxshi she’r nominatsiyasi

Tanlovga ozon qatlamining ahamiyati, yemirilish oqibatlari hamda ona tabiatni, xususan, ozon qatlamini himoya qilishga bag‘ishlab (o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida) yozilgan she’rlar qabul qilinadi. She’rni baholash mezonida g‘oyasining yuqoriligi va mazmunining teranligi, badiiyligie’tibor beriladi. Tanlovga topshiriladigan she’r bosma OAV yoki OAV sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan internet nashrlarda chop etilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek tayyorlangan she’r #ozon_qatlami_va_men, #ozon_hayot_uchun yoki #mening_oilam_va_ozon_qatlami xeshteglari ostida Facebook hamda boshqa ijtimoiy  sahifalarga  joylashtirilishi lozim. She’r e’lon qilgan  OAVni PDF yoki skaner holatda hamda internet nashrda chop etilgan she’rning havolasi @ozonqatlami_bot telegramm-botiga belgilangan tartibda yuborilishi kerak. Tanlov barcha ishtirokchilar uchun ochiq.


TANLOVGA ISh TOPShIRISh  MUDDATI: 2020 yil 3 avgustdan 5 sentyabr  soat 18:00 gacha.

Onlayn tanlovda ishtirok etish uchun muallif www.o3.uz saytidan ishtirokchi anketasini yuklab olib, u yerda IFSh hamda telefon raqamlarini kӯrsatgan holda fayllarni (zip) papkada tanlov nominatsiyasi ko‘rsatilgan holda @ozonqatlami_bot telegramm-botiga yuborishi kerak:

 «Eng yaxshi videorolik» uchun  avi, mp4 yoki mpeg formatdagi  videorolik;

 «Eng yaxshi maqola»  va «Eng yaxshi she’r» uchun PDF formatdagi nusxasi yoki OAVda chop etilgan maqola yoki she’rning skanerdan o‘tgan PDF  formatdagi nusxasi.   

 Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan tanlov materialga havolalar.


Tanlov va Ozon qatlami bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish uchun www.o3.uz saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun faqat ozon qatlamini himoya qilishga bag‘ishlangan ishlar qabul qilinadi. Tanlovga har bir ishtirokchidan faqat bitta ish qabul qilinadi.

Mualliflik huquqlarini berish: Tanlovga ishini yuborgan ishtirokchi mualliflik huquqini tashkiliy qo‘mita va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘z ijodiy ishini tarqatish, ko‘paytirish, nusxa olish, nashr etish va foydalanishiga rozilik beradi. Tashkiliy qo‘mita va hamkor tashkilotlar o‘z nashrlarida ishlarning muallifini ko‘rsatishga majburdirlar.

Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilari «16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni»da e’lon qilinadi va diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. G‘oliblar hamda  ularning ishlari haqidagi ma’lumotlar www.o3.uz, www.uznature.uz saytiga va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘ringa televizor, 2-o‘ringa smartfon, 3-o‘ringa smart soat.


Tanlov yuzasidan barcha savollarga javob olish uchun (+998 93) 171-70-17, (+998 90) 594-24-79 telefon raqamlariga yoki @ozonqatlami_bot telegramm-botiga murojaat qilishingiz mumkin.


Tanlovda qatnashing va g‘oliblar safidan o‘rin egallang!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar