Tadbirkorlarni 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirishga taklif etamiz!
22.
08. 2020
13:08
5210
Tender

Chiqindilarni boshqarish sohasida umumiy qiymati 12,6 mln AQSh doll. bo‘lgan 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari e’longa qo‘yildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 17 ta tuman, shaharlarni o‘z ichiga olgan, umumiy qiymati 12,6 mln AQSh doll. bo‘lgan (970 ming dollardan 4,3 mln dollargacha) 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari 45 kunlik e’longa qo‘yildi:

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa, Oltiariq va Yozyovon tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

Namangan viloyatining Mingbuloq va Namangan tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

Namangan viloyatining Namangan shahar va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi va Qiziltepa tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

Navoiy viloyatining Navbaxor, Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish;

Buxoro viloyatining Kogon, Qorovulbozor va Buxoro tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish.


Sohaga ilk bora tadbiq etilayotgan ushbu loyixalarni amalga oshirishda xususiy sherik sifatida ishtirok etish istagi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini taklif qiladi. Batafsil ma’lumotlar uchun: https://pppd.uz/category/announcement/

Talabgorlarni davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan o‘zaro manfaatli bitim doirasida faoliyat ko‘rsatishga taklif etamiz!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar