Rasul Xidralievich Kusherbayev – 1987-yil 12-yanvar, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tug`ilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati.

MEHNAT FAOLIYATI:

2010-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2007-yilda Liberal-demokratik partiyaning Toshkent viloyati maʼmuriyatining yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan.

2012-yildan 2014-yilgacha „Yangiyul“ (Yangi yoʻl) deb nomlangan gazetaning bosh muharriri boʻlib ishlagan.

2014-yilda buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi.

2020-yilda Innovatsiya, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan.

2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

2023-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

2023-yil O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.