Talipov Jaxongir Xabibullaevich – 1987 yili 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya Institutini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – ekolog.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

2005-2009 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi. “Ekologiya va atrof muxit muhofazasi” yo‘nalishi (Bakalavr).

2009-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza kilish davlat qo‘mitasi xuzuridagi “Boshdavekosertifikat” bosh boshkarmasida yetakchi mutaxassisi.

2011-2014 yy. - Grayfsvald Universiteti talabasi (Grayfsvald, Germaniya) “Landshaft ekologiya va tabiatni muxofaza kilish” yo‘nalishi (Magistratura).

2014-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (ekspert).

2015-2016 yy. - Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB). Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Milliy konsultanti.

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (ekspert).

2017-2019 yy. - Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Akademiyasi talabasi (Vilm, Germaniya).

2019-2020 yy - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi bosh mutaxassisi.

2020 y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi boshlig‘i.