«Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (541-son, 07.09.2020 yil) qabul qilindi.
Unga ko‘ra,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Prezidentimizning «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2020 yil 2 martdagi farmoniga muvofiq, «raqamli iqtisodiyot»ga o‘tish maqsadida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun har yili qog‘oz shaklida taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almashinuv tizimi yaratiladi;
Mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi yuqori va o‘rtacha darajada xavfli bo‘lgan faoliyat turlarining atrof-muhitga va aholi sog‘lig‘iga uzluksiz sabliy ta’sir ko‘rsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlari amalga joriy etiladi.
Qaror bilan
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori (I), o‘rtacha (II) va past darajada xavfli (III), shuningdek, mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatuvchi (IV) hamda Davlat ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro‘yxati;
Davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi nizom;
Atrof-muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar:
Davlat ekologiya qo‘mitasiga o‘zining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish vazifasi belgilandi.
Sohiba Mullaeva, YUZ.UZ
Manba: https://yuz.uz/news/atrof-muhitga-tasiri-bolgan-....
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati